TIL LINGVISTIK TADQIQOT OB'YEKTI SIFATIDA
Annotatsiya
Annotatsiya. Maqola tilshunoslikni fan sifatida fundamental tarzda yoritib, tilni uning asosiy tadqiqot obyekti sifatida markazga qoʻyadi. Ishning asosiy vazifasi — tilga ko'p qirrali ta'rif berish, uning ontologik tabiatini ochib berish hamda insonning bilish faoliyati bilan uzviy bogʻliq boʻlgan asosiy funksiyalarini tahlil qilishdan iborat. Tilni anglashga doir yondashuvlar tizimlashtiriladi: u nafaqat muloqot vositasi, balki murakkab, ierarxik tarzda tashkil topgan tizim sifatida talqin etiladi. Shuningdek, tilning belgili (semiotik) tabiatiga alohida e'tibor qaratiladi. Keyingi bosqichda til va tafakkur oʻrtasidagi dialektik munosabat tadqiq etiladi. Tilning ongni shakllantirishdagi roli (Sapir-Uorf gipotezasi) hamda tafakkurning til tuzilishini qay darajada belgilashi tahlil qilinadi. Til dunyoni konseptuallashtirish vositasi, mavhum tushunchalarni shakllantirish va voqelikni kategoriyalash usuli sifatida koʻrib chiqiladi.
Kalit so'zlar
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Алпатов В. Языкознание: от Аристотеля до компьютерной лингвистики. – Альпина нон-фикшн, 2023.2. Кравченко А. В. Гипотеза Сепира-Уорфа в контексте биологии познания //Вопросы когнитивной лингвистики. – 2007. – №.
1. – С. 5-14.3. Горбунова Л. И. Язык как знаковая система особого рода //Иркутск: Изд-во Иркутск. – 2013.
Iqtibos keltirish uchun
Камалходжаева Саида Саидахмадовна. (2026). TIL LINGVISTIK TADQIQOT OB'YEKTI SIFATIDA. ADPI Ilmiy xabarnomasi. URL: https://eduservis.uz/article/183092039