Tillararo aloqa turlari: Til qarindoshligi va Til aloqalari
Annotatsiya
Mazkur maqolada zamonaviy tilshunoslikning eng muhim kategoriyalaridan boʻlgan til qarindoshligi va til aloqalari tushunchalari ko'rib chiqiladi hamda ular tillarning rivojlanishi va oʻzaro taʼsir jarayonlarini tushuntirishga xizmat qilishi yoritiladi. Til qarindoshligi tillarning umumiy kelib chiqishi natijasi sifatida tahlil qilinadi, uni aniqlashning asosiy mezonlari, jumladan fonetik qonuniyatlar va tovush oʻzgarishlarini tadqiq etish masalalari ochib beriladi. Qiyosiy-tarixiy metodga, shuningdek A.Shleyxerning tilshunoslikning nazariy asoslarini shakllantirishdagi hissasiga alohida e'tibor qaratiladi. Maqolada Grimm va Verner qonunlari tillar oʻrtasidagi genetik aloqalarni aniqlashning muhim vositalari sifatida batafsil tahlil qilinadi. Alohida boʻlim til aloqalariga, ularning mexanizmlari va oqibatlariga - xususan, leksik va strukturaviy oʻzlashmalarga bag'ishlangan. Til aloqalarining asosiy turlari - adstrat, substrat va superstrat, shuningdek uzoq muddatli va barqaror tillararo oʻzaro taʼsir natijasi boʻlgan til ittifoqlari tushunchasi yoritiladi. Kontakt tilshunosligiining til evolyutsiyasi, koʻp tillilik va madaniy konvergentsiyani anglashdagi ahamiyati taʼkidlanadi. Til qarindoshligi va til aloqalarini oʻrganish nafaqat til tizimlarini, balki jamiyatdagi tarixiy-madaniy jarayonlarni chuqurroq anglashga xizmat qilishi haqida xulosa qilinadi.
Kalit so'zlar
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Алпатов В. М. Шлейхер, теория и метод //Сравнительно-историческое языкознание XIX-XXI вв. К 200-летию со дня рождения Августа Шлейхера (1821-1868). – 2022. – С. 10-16.2. Шешкина Т. Ф. «Немецкая грамматика» Я. Гримма: первая сравнительно-историческая грамматика германских языков //Актуальные вопросы филологической науки XXI века.—Ч. 1: Современные лингвистические исследования. — Екатеринбург, 2020. – 2020. – С. 101-106.3. Либерман, А. С. (2007). Вокруг закона Вернера. In Проблемы фонетики (рр. 7-23).4. Кудряшова, С. В. (2015). Процесс заимствования как разновидность языкового контакта. Известия высших учебных заведений. Поволжский регион. Гуманитарные науки, (4 (36)), 66-75.5. А. Н. Соболев. Языковой союз: новое определение // Индоевропейское языкознание и классическая филология. 2024. №28-2. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/yazykovoy-soyuz-novoe-opredelenie.
Iqtibos keltirish uchun
Камалходжаева Саида Саидахмадовна. (2026). Tillararo aloqa turlari: Til qarindoshligi va Til aloqalari. ADPI Ilmiy xabarnomasi. URL: https://eduservis.uz/article/186315014