IJTIMOIY TARMOQLAR SHAROITIDA PEDAGOGIK MULOQOT MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH ZAMONAVIY IJTIMOIY EHTIYOJ SIFATIDA
Annotatsiya
Mazkur maqolada raqamli axborot makoni, xususan ijtimoiy tarmoqlar sharoitida talabalarning pedagogik muloqot kompetensiyasini rivojlantirish masalasi tahlil qilinadi. Bugungi globallashuv va raqamlashtirish jarayonida ijtimoiy tarmoqlar yoshlarning asosiy muloqot maydoniga aylanganligi bois, ushbu muhitda pedagogik muloqot madaniyatini shakllantirish muhim ijtimoiy zarurat sifatida qaraladi. Maqolada ijtimoiy tarmoqlarning ta’limiy imkoniyatlari, ularning talabalarning kommunikativ madaniyati, kasbiy etikasi va pedagogik tafakkuriga ta’siri yoritiladi, ijtimoiy tarmoqlar sharoitida pedagogik muloqot madaniyatini rivojlantirish masalasi ta’lim va tarbiya nazariyasi nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Zamonaviy kommunikativ makonda pedagog shaxsining nutq madaniyati, muloqot etikasi va mas’uliyatli kommunikativ xulqi jamiyat taraqqiyotining muhim omili sifatida qaraladi, pedagogik muloqot madaniyatining nazariy asoslari, uning tarkibiy komponentlari hamda ona tili ta’limi jarayonida shakllantirish metodikasi yoritiladi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardan ta’limiy vosita sifatida foydalanishning metodik imkoniyatlari asoslab beriladi, talabalarda mas’uliyatli, madaniyatli va samarali onlayn muloqotni rivojlantirishga qaratilgan pedagogik yondashuvlar va tavsiyalar beriladi.
Kalit so'zlar
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Nishonova S. Pedagogik mahorat va muloqot madaniyati. – Toshkent: Innovatsiya-Ziyo, 2016. 77-b.
2. Turg‘unov R. Samarali ta’lim va pedagogik muloqot texnologiyalari. – Buxoro: Ilm-Ziyo, 2021. 91-b.
3. Ziyoyeva M. Pedagogik psixologiya va muloqot nazariyalari. – Toshkent: O‘zbekiston, 2020. 37-b.
4. Raxmonqulov A. Pedagogik texnologiyalar va interfaol usullar. – Samarqand: Zarafshon, 2019. 63-b.
5. Карасик В.И. Языковой круг личности. – Волгоград: Перемена, 2002. 44-c.
Iqtibos keltirish uchun
Raximova Zulfiyaxon Xashimjanovna. (2026). IJTIMOIY TARMOQLAR SHAROITIDA PEDAGOGIK MULOQOT MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH ZAMONAVIY IJTIMOIY EHTIYOJ SIFATIDA. ADPI Ilmiy xabarnomasi. URL: https://eduservis.uz/article/241408026