XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA PEDAGOGNING QARASHLARI VA O‘QITISH METODLARIGA BU QARASHLARNING TA‘SIRI
Annotatsiya
Dunyoning qator mamlakatlarida, ular orasida O‘zbekistonda ham xorijiy tillarni o‘qitishda o‘quvchi ehtiyojlariga qaratilgan zamonaviy metodikalarni qo‘llash ilgari surilib kelinmoqda. Biroq tajriba ko‘plab darslar hali-hamon an’anaviy va pedagog ehtiyojlaridan kelib chiqib tashkil etilayotganini ko‘rsatadi. Ushbu ilmiy izlanishda xorijiy tillarni o‘qitishni tashkil etish jarayoniga o‘qituvchining qarashlari qay darajada ta’sir qilishi tadqiq qilinadi. Maqolaning ilmiy-metodik yondashuvi boshlang‘ich, o‘rta, yuqori va oliy ta’lim muassasalarida uzoq yillar mobaynida olib borilgan pedagogik va o‘qituvchilarning darslarini kuzatishdan orttirilgan tajribalardan to‘plangan kvalitativ va reflektiv yondashuvlarga asoslanadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki o‘qituvchilarning tashkil etadigan darslari an’anaviy metodlar yordamida yoki zamonaviy metodlar yordamida bo‘lishiga ularning o‘quvchilar haqida, til o‘rganishdagi qiyinchiliklar haqida, darsni nazorat qilish va o‘qitish natijalari haqidagi shakllanib qolgan qarashlariga bevosita bog‘liq. Izlanishlar ta’kidlashicha, o‘qitishdagi uslubiy xilma-sillik metodologik tajribalar yetishmovchili emas, balki qarorlar qabul qilishda pedagoglarga ta‘sir ko‘rsatadigan aynan shu shakllangan qarashlar mavjudligi inikosidir.
Kalit so'zlar
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Абдуллаева, A.E. (2025). Advanced Pedagogical Technologies in Foreign Language Teaching/ Xorijiy til o‘qitishda ilg‘or pedagogik texnologiyalar International multidisciplinary journal for research & development 1(1), 464–468. https://inlibrary.uz/index.php/imjrd/article/view/72097
2. Borg, S. (2003). Teacher cognition in language teaching: A review of research on what language teachers think, know, believe, and do. Language Teaching, 36(2), 81–109
3. Cheng, L., & Curtis, A. (2004). Washback or backwash: A review of the impact of testing on teaching and learning. Language Testing, 21(1), 1–36
4. Ellis, R. (2003). Task-based language learning and teaching. Oxford University Press
5. Sanaqulov, Z., & Jo‘raboyev, B. (2021). Chet til o‘qitish metodikasida zamonaviy metodlar. Academic Research in Educational Sciences, 2(4), 523-534
Iqtibos keltirish uchun
Agzamova Nodira Obiddinovna. (2026). XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA PEDAGOGNING QARASHLARI VA O‘QITISH METODLARIGA BU QARASHLARNING TA‘SIRI. ADPI Ilmiy xabarnomasi. URL: https://eduservis.uz/article/241839005