Aniq va Tabiiy fanlar
11.04.2026

MANTIQIY MASALALAR TA’LIMIDA MILLIY VA XALQARO YONDASHUVLAR UYG‘UNLIGI

Jamoldinova Dildora Alijon qiziAndijon davlat pedagogika instituti

Annotatsiya

Mazkur maqolada mantiqiy masalalar ta`limining zamonaviy ta`lim tizimidagi o`rni va ahamiyati milliy hamda xalqaro pedagogik yondashuvlar uyg‘unligi asosida ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida mantiqiy masalalarning o`quvchilarda mustaqil, tanqidiy va ijodiy fikrlashni rivojlantirishdagi didaktik imkoniyatlari yoritiladi. Milliy yondashuvlarning o`quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlari, madaniy muhit hamda an`anaviy pedagogik tajribaga tayanishi, xalqaro yondashuvlarning esa kompetensiyaviy yondashuv, real hayotiy vaziyatlarga asoslangan topshiriqlar va raqamli ta`lim texnologiyalaridan foydalanishga yo`naltirilgani asoslab beriladi. Shuningdek, PISA va TIMSS kabi xalqaro baholash dasturlari doirasida mantiqiy masalalar ta`limining ahamiyati ochib beriladi. Tadqiqot natijalari mantiqiy masalalar ta`limida milliy qadriyatlarni saqlagan holda xalqaro ilg`or tajribalarni integratsiyalash ta`lim samaradorligini oshirishini ko`rsatadi.

Kalit so'zlar

mantiqiy masalalarmilliy yondashuvxalqaro yondashuvkompetensiyaviy ta`limboshlang`ich ta`limmantiqiy fikrlashglobal kompetensiyalar.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2021.

2. Polya G. How to Solve It: A New Aspect of Mathematical Method. – Princeton University Press, 1957.

3. Yo`ldoshev X. Boshlang‘ich ta’limida mantiqiy masalalar va ularni o‘qitish metodikasi. – Toshkent, 2019.

4. UNESCO. Global Education Monitoring Report. – Paris: UNESCO Publishing, 2020.

5. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O`zbekiston strategiyasi. – Toshkent: O`zbekiston, 2021.

Iqtibos keltirish uchun

Jamoldinova Dildora Alijon qizi. (2026). MANTIQIY MASALALAR TA’LIMIDA MILLIY VA XALQARO YONDASHUVLAR UYG‘UNLIGI. ADPI Ilmiy xabarnomasi. URL: https://eduservis.uz/article/292618036

Maqolani o'qish

Identifikatorlar (DOI)

Nashr ma'lumotlari

Jurnal:ADPI Ilmiy xabarnomasi
Nashr:2-son
Holati:Nashr etildi
Kategoriya:Aniq va Tabiiy fanlar