KREATIVLIK FAOLIYATINING ILMIY TADQIQOT NATIJALARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada bo‘lajak pedagoglarda kreativ faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan pedagogik tajriba-sinov ishlarining ilmiy natijalari tahlil qilingan. Tadqiqotning dolzarbligi kreativlikni nafaqat nazariy jihatdan asoslash, balki uning rivojlanish dinamikasini amaliy tajriba orqali kuzatish va baholash zarurati bilan izohlanadi. Ishning maqsadi - talabalarning kreativ faoliyatini refleksiv-innovatsion amaliyot dasturi asosida rivojlantirish hamda erishilgan natijalarni ilmiy tahlil qilishdan iborat. Tadqiqotda pedagogik tajriba-sinov, kuzatish, qiyosiy tahlil va refleksiv tahlil metodlaridan foydalanildi. Tajriba uch bosqichda - diagnostik-tahliliy, ilmiy-tadqiqot ko‘nikmalarini shakllantirish hamda yakuniy bosqichlarda - nazorat va tajriba guruhlari ishtirokida amalga oshirildi. Talabalar kreativligi mahsuldorlik, ijodiy yo‘nalganlik motivlari va refleksivlik ko‘rsatkichlari orqali baholandi. Natijalar innovatsion muhitning talabalar kreativligiga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatishini, kreativlik rivojlanishi esa chiziqli xarakterga ega emasligini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari sifat va yo‘nalish tavsifida bayon etilgani bois xulosalar dastlabki xarakterga ega hamda oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak pedagoglarni innovatsion faoliyatga tayyorlashda amaliy ahamiyat kasb etadi.
Kalit so'zlar
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Drapeau P. Sparking Student Creativity: Practical Ways to Promote Innovative Thinking and Problem Solving. - Alexandria, Virginia, USA: ASCD, 2014.
2. Muslimov N.A., Usmonboyeva M.H., Sayfurov D.M., To‘rayev A.B. Innovatsion ta’lim texnologiyalari. - T.: «Sano-standart» nashriyoti, 2015. - 81 b.
3. Muslimov N.A. Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy shakllantirish. Monografiya. - T.: «Fan», 2004.
4. Muslimov N.A. va boshqalar. Kasb ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi. Monografiya. - T.: «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2013.
5. Ro‘ziyeva D., Usmonboyeva M., Holiqova Z. Interfaol metodlar: mohiyati va qo‘llanilishi. Metodik qo‘llanma. - T.: Nizomiy nomidagi DTPU, 2013. - 115 b.
6. Sayidahmedov N. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya. - T.: Oliy pedagogika instituti, 2003.
7. Tolipov O‘.Q., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot. - T.: «Fan», 2005.
8. Turdiyeva M. Oliy ta’lim muassasalari talabalarida pedagogik tafakkurni shakllantirish. - T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2008. - 38-42-b.
Iqtibos keltirish uchun
Sirojidinova Gulnora Habibullo qizi. (2026). KREATIVLIK FAOLIYATINING ILMIY TADQIQOT NATIJALARI. ADPI Ilmiy xabarnomasi. URL: https://eduservis.uz/article/619093014