TALABALARDA KREATIV FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISHNING INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada oliy pedagogik ta’lim muassasalari talabalarida kreativ fikrlashni rivojlantirishning innovatsion pedagogik texnologiyalari tadqiq etilgan. Tadqiqotning dolzarbligi zamonaviy ta’lim tizimida bo‘lajak pedagoglardan nafaqat mustahkam nazariy bilim, balki nostandart kasbiy vaziyatlarda ijodiy yechim topa olish, divergent (ko‘p variantli) tafakkur hamda mustaqil fikrlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish talab etilayotgani bilan izohlanadi. Tadqiqotning maqsadi — talabalarda kreativ tafakkur ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi innovatsion pedagogik texnologiyalarning mazmun-mohiyati, tarkibiy komponentlari va o‘quv jarayoniga joriy etish mexanizmlarini ochib berishdan iborat. Ishda nazariy tahlil, sintez, qiyosiy tahlil, kuzatish hamda pedagogik tajriba-sinov metodlaridan foydalanildi. Tahlil natijasida kreativ fikrlashni ravonlik, moslashuvchanlik, originallik va yaratuvchanlik komponentlari asosida rivojlantirish hamda bu jarayonni diagnostik, kognitiv, amaliy-faoliyatga yo‘naltirilgan va natijaviy-baholash bosqichlaridan iborat lokal-modulli pedagogik texnologiya orqali tashkil etish maqsadga muvofiqligi asoslandi. Tajriba-sinov ishlari innovatsion ta’lim muhitining talabalar kreativligini rivojlantirishga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatishini tasdiqladi. Olingan natijalar oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonida amaliy ahamiyat kasb etadi.
Kalit so'zlar
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Drapeau P. Sparking Student Creativity: Practical Ways to Promote Innovative Thinking and Problem Solving. – Alexandria, Virginia, USA: ASCD, 2014.
2. Muslimov N.A., Usmonboyeva M.H., Sayfurov D.M., To‘rayev A.B. Innovatsion ta’lim texnologiyalari. – T.: «Sano-standart» nashriyoti, 2015. – 81 b.
3. Muslimov N.A., Inoyatov U.I., Usmonboyeva M., Inog‘omova D. Pedagogika: 1000 ta savolga 1000 ta javob. Metodik qo‘llanma. – T.: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, 2012. – 193 b.
4. Ro‘ziyeva D., Usmonboyeva M., Holiqova Z. Interfaol metodlar: mohiyati va qo‘llanilishi. Metodik qo‘llanma. – T.: Nizomiy nomidagi DTPU, 2013. – 115 b.
5. Sayidahmedov N. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya. – T.: Oliy pedagogika instituti, 2003.
6. Tolipov O‘.Q., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot. – T.: «Fan», 2005.
7. Tolipov O‘.Q., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. – T.: «Fan», 2006.
8. Turdiyeva M. Oliy ta’lim muassasalari talabalarida pedagogik tafakkurni shakllantirish. – T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2008. – 38–42-b.
Iqtibos keltirish uchun
Sirojidinova Gulnora Habibullo qizi. (2026). TALABALARDA KREATIV FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISHNING INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI. ADPI Ilmiy xabarnomasi. URL: https://eduservis.uz/article/627058013